Professional buxgalteriya va yuridik xizmatlar. Biznesingizni qonunchilikka muvofiq va samarali boshqarishda yordam beramiz.
01
Buxgalteriya hisobini yuritish
Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va tizimli yuritish biznesning moliyaviy barqarorligi, boshqaruv qarorlarining asoslanganligi hamda investorlar, banklar va nazorat organlari oldidagi ishonchliligini ta’minlaydi.
Biz korxonangiz faoliyatiga mos ravishda hisob siyosatini ishlab chiqamiz hamda buxgalteriya hujjatlarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq yuritishni ta’minlaymiz.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Biznesni boshlashda eng muhim qadam — to‘g‘ri tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash. MChJ, YATT, XK yoki qo‘shma korxona ochishda professional yordam beramiz.
Korxona ochishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing
Korxonani ochish jarayonida buxgalter yoki moliyaviy mutaxassis bilan oldindan maslahatlashmaslik soliq rejimi noto‘g‘ri tanlanishi, hisob siyosatining yo‘qligi, hujjatlarni xato rasmiylashtirish va keyinchalik jarimalar hamda qo‘shimcha tekshiruvlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Biznesni ochishdan oldin malakali buxgalter bilan maslahatlashish ortiqcha xarajatlar va xatolarning oldini oladi. Biz sizga biznesingizni qonunchilikka muvofiq boshlash va rivojlantirishda to‘liq yordam beramiz.
Tezkor xizmat
Maxfiylik kafolati
Shaxsiy menejer
Hujjatlar kafolati
Afzalliklar
Nega buxgalteriya autsorsingi?
Buxgalteriya autsorsingi — bu zamonaviy va samarali yechim.
−40%
Xarajatlarni optimallashtirish
Buxgalteriya bo‘limini yuritish xarajatlarini 40% gacha kamaytiring.
Aniq va sifatli hisob
Har bir operatsiya qonunchilikka muvofiq va aniq hisoblanadi.
Xodimlar bilan muammolar yo‘q
Xodimlarni qidirish, o‘qitish va boshqarish muammolaridan xalos bo‘ling.
Moliyaviy kafolat
Barcha hisob-kitoblar qonunchilikka 100% mos kelishini kafolatlaymiz.
Ish uchun to‘lov
Faqat bajarilgan ishlar asosida to‘lov — doimiy maosh emas.
Xarajatlarni kamaytiring, moliyaviy xavflarni nazorat qiling va hisobni professional darajada yuriting
Hisobchi bilan buxgalteriya masalalarini ishonchli mutaxassislarga topshirasiz va o‘z asosiy biznesingizga e’tibor qaratasiz.
Hisobchi — sizning ishonchli buxgalteriya hamkoringiz. Biz bilan hamkorlik qiling va biznesingiz ishonchli qo‘llarda ekanligiga amin bo‘ling.
1
Biznesni to‘g‘ri boshlash
Biznesni endi boshlayotgan tadbirkorlar uchun buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish juda muhim. Hisobchi jamoasi korxonangizni tashkil etish bosqichidan boshlab buxgalteriya hisobini talablar asosida shakllantirishga yordam beradi, faoliyat turiga mos soliq yo‘nalishini tanlash va soliqlarni to‘g‘ri hisoblashda ko‘maklashadi.
2
Soliq tekshiruviga tayyorgarlik
Agar korxonada buxgalter mavjud bo‘lmasa yoki hisob yuritilmagan bo‘lsa, ayniqsa qisqa muddat ichida soliq tekshiruvi rejalashtirilgan bo‘lsa, vaziyat murakkablashadi. Bunday holatlarda ham bizga murojaat qiling — tekshiruvdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan asosiy talablar va soliq to‘lovchining majburiyatlarini tushuntirib beramiz.
3
Soliq imtiyozlaridan foydalanish
Shuningdek, biz soliq imtiyozlaridan qonuniy va samarali foydalanish yo‘llarini tushuntiramiz hamda moliyaviy xatolarning oldini olishga xizmat qilamiz.
4
Mijoz manfaatlarini himoya qilish
Hisobchining asosiy maqsadi — oshkora hisob-kitoblar va samarali rejalashtirish orqali mijozlar manfaatlarini himoya qilish.